“Oʻrgangan koʻngil”: Toshkentda muqaddam sudlangan fuqaro kuchli taʼsir qiluvchi dorilar sotayotganda qoʻlga tushdi

Toshkent viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi tadbir davomida Zangiota tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro U.U. ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahri boʻlimi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaroning noqonuniy faoliyati aniqlandi.
Tezkor tadbir chogʻida fuqaro U.U.ning xonadonini koʻzdan kechirish jarayonida 770 dona oq-qizil rangdagi “ZARDEKS” nomli kapsula hamda 26 dona flakonda “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari saqlanib kelingani maʼlum boʻldi.
Ushbu dori vositalari noqonuniy muomalaga kiritilishi uchun tayyorlab qoʻyilgan boʻlib, ular ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tadbir natijasida ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasiga (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mazkur holat boʻyicha barcha zarur protsessual choralar koʻrilmoqda. Huquq-tartibot organlari mazkur kabi jinoyatlarga qarshi kurashish va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini oldini olish boʻyicha qatʼiy choralarni davom ettirishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- “Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring