Oʻquvchini ishlatishdan uyalish kerak

Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi 28-maktabning 7−11-sinf oʻquvchilaridan ayrimlari oʻz sinfxonalarini taʼmirlash ishlariga jalb qilingani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va muhokamalarga sabab boʻlgan holat yuzasidan Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmatining “silliqqina” munosabati eʼlon qilindi.
Munosabatda oʻquvchilar maktabni taʼmirlash ishlariga yordam berish uchun ota-onalarining roziligi bilan kelganligi, qisqasi, ular ixtiyorlariga zid ravishda taʼmirlash ishlariga jalb qilinmagani maʼlum qilingan. Holat garchi shu tarzda izohlangan boʻlsada, bu qonunbuzarlik, voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb etish hisoblanadi.
Toʻgʻri, bolalarni mehnatga, jamoat ishlarida faol boʻlishga oʻrgatish kerak. Bu ularning kelajagiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Lekin ular bajarayotgan ishlar yoshiga, jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi, sogʻligiga taʼsir koʻrsatmasligi kerak. Qolaversa, oʻquvchilardan ayrimlarining maktabda ishlab, boshqalari bunday ishlarda ishtirok etmasligi, ular oʻrtasida turli tushunmovchiliklarga sabab boʻladi.
Keyingi paytda maktablarda shunga oʻxshash boshqa holatlar uchrab turgani haqida ham ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar boʻldi. Bizningcha, taʼlim mutasaddilari, maktab maʼmuriyati yuqoridagi kabi holatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Maktab — taʼlim, tarbiya oʻchogʻi boʻlib kelgan va shunday boʻlib qolishi lozim.
Dilshod Islomov,
OʻzXDP Markaziy Kengashi xodimi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring