Oʻquvchilar yozgi taʼtilni qanday oʻtkazmoqda?

11:19 29 Iyun 2022 Jamiyat
376 0

Yoz kelishi bilan maktab oʻquvchilari uchun yozgi taʼtil boshlanadi. Bu davrda esa yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish har qachongidan-da muhim masala.

Shu maʼnoda, respublikamizning barcha maktablarda oʻquvchilarning yozgi taʼtilini maroqli tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida tegishli zarur chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi taʼminlanmoqda. 

Birgina Toshkent shahar Chilonzor tumani xalq taʼlimi tasarrufidagi 281-umumiy oʻrta taʼlim maktabi qoshida lager tashkil etilib, unga oʻquvchi-yoshlar qamrab olindi.

“Qaldirgʻoch” yozgi sogʻlomlashtirish maydonchasida oʻquvchilar “Sehrli moʻyqalam” toʻgaragida faol ishtirok etmoqdalar. 

Bundan tashqari, tarbiyachilar tomonidan tashkil etilgan “Quvnoq estafetalar” sport milliy harakatli oʻyinlarida ham bolalarning faolligi oshib bormoqda. 

Maxsus suv basseynlarida oʻquvchilar yosh toifasi boʻyicha suzish musobaqalarida ishtirok etib, ajoyib sovgʻalarga va muzeylarga sayohat uchun bepul yoʻllanmani qoʻlga kiritishyapti. 

Shu bilan birga, rus tili va ingliz tili toʻgarak rahbarlari tashabbus bilan turli viktorinalar va oʻyinlar tashkil etilib, oʻquvchilarning til bilish qobiliyatini yanada takomillashtirishga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda. 

Oromgohda bolajonlarning qiziqishini yanada oshirish maqsadida shaxmat va shashka toʻgaragi ham oʻz faoliyatini olib bormoqda. Toʻgarak faoliyatida yuqori va quyi sinfda tahsil olayotgan oʻquvchilardan jamoalar tuzilib, shaxmat va shashka musobaqalari oʻtkazildi. Gʻolib jamoalarga esdalik sovgʻalari ham taqdim etildi. 

Sinf rahbarlari tashabbus bilan bolalarni hayvonot olamiga sayohati ham tashkil etilgan. Lagerda har bir toʻgarak interaktiv oʻyinlarga va musiqa hamohangligiga asoslangan tarzda tashkil etilgan. Maktabda bolajonlarning har bir kundalik mashgʻuloti maroqli oʻtmoqda. 

“Yoz, har bir oning oʻtsin soz”, deganlaridek, maktab maʼmuriyati oʻquvchilarning kuni maroqli oʻtishi uchun yangi loyihalar amalga oshirishda davom etmoqda.

Qirmizoy HAKIMOVA,

Чилонзор туманидаги 281-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?