“Oqsuv –Dehqonobod” suv yigʻish inshooti qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi. Ramatov va Hidoyatov qurilish jarayoni bilan tanishdi

17:48 04 May 2021 Jamiyat
491 0

“Oqsuv-Dehqonobod” suv yigʻish inshooti loyihasiga koʻra, qishloq aholi punktlarigacha 183 km. va 310,0 km. uzunlikdagi ichki suv tarmoqlari, 2 ta 500 m3 lik suv saqlash hovuzi, 1 ta suv taqsimlash inshootlarining qurilish ishlari, uning birinchi bosqichi yakuniga yetdi.

Inshootni barpo etish ishlari 2018-yilda boshlangan boʻlib, loyiha-smeta hujjatlari bilan parallel ravishda olib borilishi belgilangan.

Obyektga 268,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, hozirgi kunga qadar 226.4 mlrd soʻmlik qurilish-montaj ishlari bajarildi va 234.65 mlrd.soʻm mablagʻ moliyalashtirildi.

Loyihaning 2-bosqichi ham roʻyobga chiqarilgach, Dehqonobod tumanining 78 foizi yoki 116 ta qishloqdagi qariyb 113 ming nafar aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Bugun Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov va boshqa mutasaddilar obyektning qurilish jarayoni bilan tanishishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?