Oqova suv tizimlarining aksariyat qismi oʻtgan asrning 70-80 yillarida qurilgan boʻlib, bugungi kunda taʼmirtalab holatga kelib qolgan
Foto: Халқ сўзи
Bu haqda AOKAda «Oʻzsuvtaʼminot» AJ raisi oʻrinbosari va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Hozirda mamlakatimizda 282 ta oqova suv koʻtarish nasos stansiyalarida jami 527 ta nasos agregatlari mavjud boʻlib, shundan 122 tasi nosoz, shuningdek, mavjud jami 8,8 ming km oqova suv tarmoqlaridan 2,1 ming km (23%) taʼmirtalab ahvolda.
Ushbu muammoni hal etish maqsadida ayni damda barcha dasturlar doirasida kunlik umumiy quvvati 1,3 mln metr kub boʻlgan 45 ta oqova suv tozalash inshootlari, 329 ta nasos stansiyalari va 3,8 ming km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.
2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring