Oʻqituvchilarga dars soatlari ularning koʻrsatkichlariga qarab taqsimlanadi

16:54 30 Avgust 2022 Jamiyat
701 0

Illustrativ foto

 Maktab oʻqituvchilariga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

 xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;

xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar;

TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan oʻqituvchilar;

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;

respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;

oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;

ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;

oʻz fanidan oʻtkazilgan sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;

oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;

qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;

OTMning pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;

pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;

oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;

 umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?