Oʻqishni koʻchirib berish hamda oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Foto: Prokuratura Departameti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.Yu. fuqaro I.K.ning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini tanishlari orqali Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga koʻchirib berishini aytib, aldov yoʻli bilan 3 000 AQSH dollarini olganligi aniqlangan.
Departamentning Olot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.T. fuqaro N.A.ning qizini tanishlari orqali qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1 250 AQSH dollarini hamda fuqaro A.B.ni Qozogʻiston Respublikasi universitetidagi oʻqishini Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga koʻchirib berishini aytib 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Dangʻara tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.T. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qoʻqon Tibbiyot kollejiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring