Xorazmda 2 000 AQSH dollariga oʻqishga kiritish, Fargʻonada 3 000 AQSH dollariga oʻqishni koʻchirib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

16:46 08 Avgust 2022 Jamiyat
286 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.B. boshqa bir fuqaro S.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Urganch davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Shu kabi, Bogʻot tuman boʻlimi va viloyat DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. fuqaro I.ning Qirgʻiziston Respublikasidagi oʻqishini Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga koʻchirib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Departament hamda DXXning Bekobod shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro O.I. fuqaro S.ning Tojikiston Respublikasi oliygohidagi oʻqishini Turin politexnika universitetiga koʻchirib berish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер