O‘qishga kiritib qo‘yishni va`da qilganlar qo‘lga olindi

12:15 02 Iyul 2022 Jamiyat
768 0

Foto:Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga oʻqishga kiritishni vaʼda qilib, 5000 AQSH dollari olgan institut boʻlim boshligʻi qoʻlga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, jiyani S.ni oʻqishga kirishi uchun hujjat topshirish tartibi bilan tanishib yurgan vaqtida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Sirtqi boʻlim boshligʻi bilan tanishib qolganligini, ushbu shaxs uning ishonchiga kirib, jiyanini dizayn fakultetiga oʻqishga joylashtirib qoʻyishini aytib, evaziga 5.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, 2022-yil 01-iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, X.V. ariza muallifidan talab qilgan 5.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?