Oq uy yaqin kunlarda Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini eʼlon qiladi

01:41 17 Mart 2023 Dunyo
546 0

Foto: Reuters

Yaqin kunlarda AQSH Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini eʼlon qiladi. Bu haqda Oq uyning strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi aytib oʻtdi.

Oq uy vakilining qoʻshimcha qilishicha, Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etadi. Uning soʻzlariga koʻra, ayrim turdagi aslahalarni, jumladan, havo kemalarini topshirish boʻyicha qarorlar boshqa davlatlarning harakatlariga muvofiq qabul qilinmaydi.

Kirbi davlatlar oʻrtasidagi sulh borasida fikr bildirib, “Bizning baholashimizga koʻra, endi sulh Rossiya tomonidan BMT Nizomining navbatdagi buzilishini anglatadi”, dedi.

Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ittifoqchilarini Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish gʻoyasiga qoʻl urmaslikka chaqirgan edi. Shu tariqa, u Polshaning MiG-29 qiruvchilarini Ukrainaga topshirish haqidagi qaroriga izoh berib oʻtgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер