Oq uy Rossiyani “terrorizm homiylari” roʻyxatiga kiritish imkoniyatini baholadi

Foto: РИА «Новости»
Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Rossiyani “terrorizm homiysi” sifatida tan olish imkoniyatiga izoh berdi.
Uning qayd etishicha, Vashington Moskvani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar roʻyxatiga kiritish vakolatiga ega. Biroq, u hozircha bu haqda hech qanday bashorat qilmaydi.
Oq uy vakiliga koʻra, AQSH hukumati va AQSH Davlat departamenti Rossiyani ushbu roʻyxatga kiritish huquqiga ega. Buning uchun davlat kotibi Rossiya terrorchilik harakatlarini qoʻllab-quvvatlaganini aniqlashi kerak. Hozir ushbu roʻyxatga Shimoliy Koreya, Eron va Sudan kirgan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH yetakchisi Jo Baydendan AQSH Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar roʻyxatiga kiritishni soʻragan edi.
“The Washington Post” gazetasining oʻz manbalariga tayanib yozishicha, Zelenskiy telefon orqali muloqoti chogʻida Baydenga tegishli murojaat bilan chiqqan. Oʻz navbatida, Bayden aniq harakatlar boʻyicha oʻz zimmasiga hech qanday majburiyat olmagan, biroq u Moskvaga bosimni kuchaytirish boʻyicha barcha takliflarni oʻrganishga tayyor ekanini aytgan.
Nashr shuningdek, Rossiyaning “terrorizm homiysi” sifatida tan olinishi AQSH arsenalidagi eng kuchli va radikal sanksiyalardan biri boʻlishini qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring