Oʻq otish:  Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi

16:28 07 Aprel 2023 Sport
968 0

Oʻq otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Peru poytaxti Lima shahriga yoʻl oldi.

Hamyurtlarimiz 9-11-aprel kunlari Janubiy Amerika ochiq chempionatida, 11-22-aprel kunlari esa Jahon kubogi bosqichida ishtirok etishadi. 

Qayd etish joiz, Jahon kubogi bosqichi Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim qiladi. Terma jamoamiz okean ortiga quyidagi tarkibda yoʻl oldi:

Pnevmatik miltiq (10 m): Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Madinabonu Pardaboyeva, Gulbonu Qambarbekova.

Pnevmatik toʻpponcha (10 m): Muhammad Kamalov, Vladimir Svechnikov, Umidbek Kamolbekov, Sitora Ergashboyeva, Iroda Azimboyeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?