Oʻq otish: hamyurtimiz biryoʻla ikkita Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

14:20 10 Iyun 2021 Sport
329 0

Xalqaro oʻq otish sporti federatsiyasidan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga xushxabar bitilgan maktub yoʻlladi. Unga yozilishicha, Xalqaro tashkilot oʻq otish boʻyicha milliy terma jamoamiz aʼzosi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga litsenziya qoʻlga kiritganligi maʼlum qilingan.

Hamyurtimiz Muxtasar Tohirova pnevmatik miltiqdan 10 metr masofadan hamda 50 metr masofadan 3 holatda oʻq otish dasturida kvalifikatsion davrda toʻplagan yuqori ballari uchun Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining litsenziyalariga ega boʻldi.

Qayd etish joiz, sportchimiz litsenzion davrda 2019-yilgi Qatarning Doxa shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati va Germaniyaning Zul shahrida oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yuqori natijalarni qayd etgan. Bu yil ham M.Tohirova Qozogʻistonda oʻtgan xalqaro musobaqada 10 metr masofada kechgan dasturda gʻalaba qozondi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?