Oʻpka toʻqimasining zararlanishi 30-40 foiz holatlarda kuzatilmoqda — mutaxassis

Oʻzbekistonda “omikron”ning VA.5 varianti dominant versiyaga aylandi. Namunalar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida sekvenlash jarayonidan oʻtkazildi.
COVID-19ning yuqumlilik darajasi yuqori boʻlgan yangi mutatsiyalari bemorlar soni koʻpayishiga sabab boʻlyapti. Oʻzbekistonda hozirgi kunda “omikron”ning qaysi subvarianti dominant versiyaga aylangan?
Buni aniqlash maqsadida joriy yil 10-12-noyabr kunlari Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga gospitalizatsiya qilingan 27 nafar bemordan tibbiy namunalar olindi.
Tahlillar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida sekvenlash jarayonidan oʻtkazildi. Natijada 27 nafar bemor “omikron” shtammining BA.5 subvarianti bilan zararlangani maʼlum boʻldi.
BA.5 subvariantining yashirin davri boshqa shtammlar singari 5-6 kun emas, 2-3 kunni tashkil etyapti.
Uning asosiy belgilari:
— tomoq ogʻrigʻi,
— tana haroratining gektik (41 darajagacha) koʻtarilishi,
— bosh va mushaklarda kuchli ogʻriq,
— holsizlik,
— uyquchanlik,
— konyuktivit (10 foiz holatda),
— rint va tonzilit (40 foiz holatda),
— otit (10 foiz holatda),
—diareya (10 foiz holatda) yuzaga kelishi kuzatilmoqda.
Shuningdek:
— kuchli va xurujli yoʻtal,
— baʼzi hollarda koʻkrak qafasida ogʻriq,
— nafas qisishi va havo yetishmaslik belgilari yuzaga kelmoqda.
— Oʻpka toʻqimasining zararlanishi 30-40 foiz holatlarda kuzatilmoqda, — deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov. — Bunday bemorlarning aksariyati uy sharoitida yoki baʼzi xususiy klinikalarda antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dorilarni tomir ichiga maqsadsiz va palapartish qabul qilgan yurtdoshlarimizdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring