Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni savollari va javoblari sotilyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlar ona tili va adabiyot fanidan boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari oldidan “test savollari va ularning javoblari sotilayotgani” haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bilimni baholash agentligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan test materiallari oldingi imtihonlarda qoʻllanilgan savollar boʻlib, ularning yaqin kunlarda boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari bilan hech qanday aloqasi yoʻq.
Agentlik aholini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarga ishonmaslikka va faqat rasmiy manbalar orqali aniq axborot olishga chaqirgan.
Shuningdek, shubhali holatlar yuzasidan «https://gov.uz/oz/uzbmb/anti-corruption» havolasi orqali Agentlikka yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingiz mumkinligi eslatib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring