Oʻn toʻqqiz nafar oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi

14:07 06 Oktyabr 2020 Jamiyat
336 0

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 5-oktyabr kuni “Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida”gi farmonini imzoladi. Unga koʻra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5 yil yashagan) 137 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

Ushbu farmon bilan Oʻzbekiston hududida tugʻilgan 19 nafar kishiga ham Rossiya fuqaroligi berildi.

Shuningdek, AQSH, Afgʻoniston, Armaniston, Argentina, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Belarus, Vyetnam, Germaniya, Gruziya, Irlandiya, Kuba, Moldova, Ozarbayjon, Turkiya, Tojikiston, Suriya, Serbiya, Ukraina, Fransiya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻizistonda tugʻilgan shaxslar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?