Oʻn yildan beri qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
Foto: Istanbuldagi Bosh konsulxona
Oʻzbekistonda 2011-2013-yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan Xaticha Musoyevna Jafarova Turkiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1951-yilda tugʻilgan ayol Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan va bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.
X. Jafarova 2011-2013-yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan. U jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, oʻzgalarning mulkini juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2014-yilda qidiruvga berilgan.
Shuningdek, Konsulxona xabarida ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish soʻralgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring