“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish” direksiyasi davlat unitar korxonasiga direktor tayinlandi

13:30 29 Sentyabr 2022 Sport
860 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining tegishli buyrugʻi bilan Umed Farmonqulovich Rajabov “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish” direksiyasi davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.

Umed Rajabov 2002-2006-yillarda Samarqand qishloq xoʻjalik institutida tahsil olgan. Sportdagi faoliyatini esa 2009-yilda Samarqand tuman hokimligi Madaniyat va sport ishlari boʻlimida sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari sifatida boshlagan.

2010-yildan 2017-yilga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengash apparati Yoshlarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻlimi bosh mutaxassisi, boʻlim mudiri, 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Sport va salomatlik boʻlimi boshligʻi, 2019-2021-yillarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi va 2021-2022-yillarda Turizm va sport vazirligi Sport federatsiya(assotsiatsiya)lari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi hamda 2022-yil 3-martdan esa Sportni rivojlantirish vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?