Ommaviy qabul: oʻnga yaqin murojaatlar joyida ijobiy yechimini topdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Erkabay Tadjiyev Moʻynoq tumanida boʻlib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni oʻrgandi.
Dastlab, tumandagi “Yoshlar markazi”da fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, turli yoʻnalishdagi masalalar tinglandi.
Qabul davomida aholi tomonidan jami 22 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 9 ta murojaat joyida ijobiy yechimini topdi. Qolgan 13 ta murojaat atroflicha oʻrganish talab qilingani bois, mutasaddi rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berilib, ijrosi uchun maʼlum muddatlar belgilandi.
Bundan tashqari, tadbirda tumanning 2-sektor hududidan mehribonlik uyida taʼlim olgan D.Kamilova va N.Mirzaliyevlarga 2 ta uy olib berilishi taʼminlanib, jihozlangan holda uy kadastr hujjatlari mulk huquqi bilan hamda “Ayollar daftari” da roʻyxatda turuvchi fuqarolar L.Ayыmbetova, K.Tolepbergenova, D.Amandosova va G.Oljabayevalarga uy sharoitida oʻzini oʻzi band qilish maqsadida zamonaviy tikuv uskunalari subsidiya tariqasida topshirildi.
Shundan soʻng, tuman hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan hamda yakka yolgʻiz fuqarolar G.Musayeva, B.Xojanazarov, B.Asanov va Q.Zakirovlarning xonadonlarida boʻlib, ularning xolidan xabar olib, Davlatimiz rahbarining qimmatbaho sovgʻalari va 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring