«Omikron» shtammining paydo boʻlishi pandemiyani oʻtkir bosqichi tugaganidan dalolat beradi — Bloomberg

Illyustrativ foto
«Omikron» shtammining paydo boʻlishi pandemiyaning eng oʻtkir bosqichi yakunlanish arafasida ekanligini anglatadi. Xuddi shunday fikrlarni Janubiy afrikalik olimlar bildirmoqda, deya yozmoqda Bloomberg.
Mutaxassislar guruhi Pretoriyadagi Stiv Biko kasalxonasida tadqiqot oʻtkazgandan soʻng shunday xulosaga kelishdi. Ayni shu yerda «Omikron birinchi marta qayd etilgan edi.
Shifokorlar soʻnggi toʻlqinda infeksiya bilan zararlangan 466 nafar bemorning hamda avvalgi toʻlqinlarda tuzalgan 3976 nafar bemorning maʼlumotlarini tahlil qilishdi.
Maʼlum boʻlishicha, «Omikron» keltirib chiqaradigan infeksiyalar toʻlqini “misli koʻrilmagan tezlikda” harakat qilgan va oldingi shtammlarga qaraganda yengilroq holatlarga sabab boʻlgan.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar hozirgi toʻlqin davrida bemorlarning atigi 4,5 foizi kasalxonada vafot etgan. Bu koʻrsatkich avvalgi toʻlqinda 21 foizni tashkil etgan. Shuningdek, reanimatsiya boʻlimlariga kamroq odam yotqizilgan. Bemorlarning statsionar boʻlish muddati 8,8 kundan 4 kunga qisqargan.
“Agar bu holat butun dunyoda davom etsa va takrorlansa, biz kasallanish va oʻlim koʻrsatkichlarini toʻliq ajratishni koʻrishimiz mumkin”, dedi tadqiqotchilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
- Avariya ishorasi qanday holatlarda yoqiladi?
- “Maʼnaviyat festivali” barchani ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtiradi
- Bir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring