«Omikron» shtammini dastlabki belgilari haqida maʼlumot berildi. Bu juda ehtiyotkorlikni talab etadi

Illyustrativ foto
«Omikron» shtammining dastlabki bosqichida paydo sakkizta belgisi maʼlum boʻldi. Eʼtiborli jihati, ular xuddi shamollash yoki gripp alomatlariga oʻxshaydi. Shu bois bu ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu haqda «The Sun» gazetasi Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya va AQSH shifokorlariga tayanib yozmoqda.
Mutaxassislarga koʻra, ushbu shtammning alomatlari organizmda uni yuqtirgandan keyin ikkinchi kunda paydo boʻladi va taxminan besh kun davom etishi mumkin. Demak, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya va Amerika Qoʻshma Shtatlari shifokorlariga koʻra, tomoq ogʻrigʻi, bel ogʻrigʻi, burun oqishi yoki bitishi, bosh ogʻrigʻi, charchoq, aksirish, terlash va tana ogʻrigʻi ushbu shtammga oid ilk belgilar hisoblanadi.
Taʼkidlanishicha, mazkur alomatlar “COVID-19”ning anʼanaviy belgilariga qaraganda kamroq seziladi. Chunki ular shamollash yoki gripp simptomlariga juda oʻxshaydi. Shu bois mutaxassislar shunday holatda eʼtiborsiz boʻlmaslikni va oʻz vaqtida shifokor bilan maslahatlashish kerakligini uqtirmoqda.
“Oʻzingizni infeksiyadan himoya qilishning eng yaxshi usuli bu — vaksina olishdir” deyishmoqda mutaxassislar.
AQSH va Yaponiya olimlariga koʻra, «Omikron» boshqa shtammlarga qaraganda oʻpkaga kamroq taʼsir qilishi bois mazkur mutatsiyada kasallikning ogʻir oʻtishi kam kuzatilishi mumkin. Tajribalarda mazkur shtamm asosan yuqori nafas yoʻllarini zararlashi aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
- Avariya ishorasi qanday holatlarda yoqiladi?
- “Maʼnaviyat festivali” barchani ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtiradi
- Bir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring