Ombudsmanga zoʻravonlikka uchrayotgan qiz holati boʻyicha anonim murojaat kelib tushdi

Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi bir qizga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik boʻlayotgani boʻyicha anonim murojaat kelib tushdi.
“Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasida anonim murojaatlar Vakil tomonidan koʻrib chiqilmasligi belgilangan. Lekin, ushbu murojaatda zoʻravonlik holati keltirilgani sababli u Ombudsman tashabbusiga koʻra joyiga chiqib oʻrganildi.
Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili murojaatda koʻrsatilgan manzilga Pop tumani “Olmazor” MFYdagi xotin-qizlar faoli M.Mavjutova, IIB hudud profilaktika katta inspektori bilan birgalikda borganida ushbu xonadonda 2-guruh nogironi boʻlgan E.Oʻ. ismli qiz yashashi aniqlandi. Anonim murojaatda zoʻravonlikka uchrayotgani bayon etilgan ushbu qizning ruhiy hastaligi va qulogʻi yaxshi eshitmasligi sababli oila aʼzolari unga baland ovozda gapirishi maʼlum boʻldi. Qiz bilan holi tarzda suhbatlashilganda ham unga nisbatan hech qanday tazyiq, jismoniy va ruhiy zoʻravonlik boʻlmagani qayd etildi.
Murojaatni joyiga chiqib oʻrganish davomida E.Oʻ. 2-gurux nogironi boʻlishiga qaramay, u tuman poliklinikasi tomonidan hech qanday tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmagani aniqlandi. Shu kunning oʻzida tibbiy koʻrik tashkil etilib, E.Oʻ. va uni qaramogʻiga olgan onasi salomatligi tekshirildi.
Oʻrganish davomida E.Oʻning onasi bilan ham suhbat oʻtkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Hozirda 2-guruh nogironi boʻlgan E.Oʻ. salomatligi nazoratga olingan va MFY mutasaddilari, IIB profilaktika inspektori, Pop tuman Nogironlar jamiyati vakillari tomonidan doimiy ravishda uning holidan xabar olib turilishi yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring