Ombudsmandan qancha mahkumni boshqa qamoqxonaga oʻtkazish soʻralgani maʼlum boʻldi

00:48 08 Dekabr 2021 Jamiyat
1192 0

Inson huquqlari boʻyicha ombudsman matbuot kotibi Fotima Madrahimova 78 nafar mahkumni jazoni oʻtash uchun boshqa muassasalarga oʻtkazish soʻralganini maʼlum qildi. 

Uning soʻzlariga koʻra, 2021-yil boshidan buyon Ombudsman nomiga qamoqqa olinganlar va ularning yaqin qarindoshlaridan 2058 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning qariyb 50 foizi Ombudsman instituti va sayyor qabullar orqali kelib tushgan.

Shundan 574 tasi sud qarorlari, 536 tasi surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida chiqarilgan qarorlar ustidan, 250 tasi hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida, 121 tasi oila aʼzolariga yordam koʻrsatish, 117 tasi tibbiy yordam koʻrsatish, 116 tasi bilan uchrashuvlar boʻyicha kelgan. 

Shuningdek, 11 nafar mahkum oilasiga ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatilib, 13 nafar mahkum yashash joyidagi axloq tuzatish koloniyasiga oʻtkazildi.

Ombudsmanning tergov va dastlabki tergov jarayonida kelib tushgan murojaatlar boʻyicha xatiga koʻra, Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik toʻgʻrisidagi 25 ta qaror muddatidan oldin chiqarilgani, ular bekor qilingani, qoʻshimcha tergov va tergov harakatlari olib borilishi rejalashtirilganligi aniqlangan. 16 holatda xodimlarning xulq-atvori rasmiy tekshiruvdan oʻtkazildi, – deydi Fotima Madrahimova.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 3 nafar xodimga Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan berilgan maʼlumotnomalar asosida intizomiy choralar koʻrildi. Uch nafar xodimning xatti-harakati intizomiy komissiyalarda muhokama qilinib, 1 nafar xodim ogohlantirildi. Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 4 nafar xodimda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi.

Ombudsman matbuot kotibi taʼkidlaganidek, 10 ta murojaat boʻyicha tegishli sudlar tomonidan qoʻllanilgan jazo choralari yengillashtirildi, ehtiyot choralari qonun hujjatlariga muvofiq oʻzgartirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?