Ombudsman taqdimnomasiga koʻra mahkumlarning 186 mln soʻmlik ish haqlari undirildi

18:24 15 Yanvar 2024 Jamiyat
302 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpogʻistondagi mintaqaviy vakili Qoʻngʻirot tumanidagi 27-son Manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirganida, mahkumlar mehnat huquqlarining buzilayotganligi boʻyicha shikoyat qilishgan edi.

Shundan soʻng, Ombudsman mintaqaviy vakili mahkumlarning shartnoma asosida mehnatga jalb etilgan 3 ta MCHJlardagi mehnat va yashash sharoitlarini oʻrgandi. Oʻrganishlar davomida ushbu korxonalardagi sharoitlar belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi. Shuningdek, 100 nafardan ortiq mahkumlarning oylik maoshlari toʻlab berilmagani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat Ombudsman nazoratiga olinib, aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma koʻrib chiqilishi natijasida, mahkumlarga 2023-yil avgust-sentyabr oylari uchun 2 ta MCHJdan jami 186 mln soʻmdan ortiq ish haqlari undirib berildi.

Shuningdek, mazkur MCHJlarning bittasida mahkumlarning yashash sharoitlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Qolganlari bilan tuzilgan shartnomalar 27-son Manzil-koloniya tomonidan bekor qilindi.

Mahkumlarning ish haqlarini undirish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda. 2023-yilning dekabr oyida 27-son Manzil-koloniya tomonidan 25 nafar mahkumning ish haqini undirish boʻyicha sudga daʼvo ariza kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер