Ombudsman sud orqali xodimlarning 335 mln. soʻmlik ish haqini undirib berdi

20:57 08 Yanvar 2022 Jamiyat
681 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan 38 nafar fuqaroning «Usmon Yusupov Agroservis mashina traktor parki» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ish haqi pullarini oʻz vaqtida toʻlanmayotgani masalasida yozgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, «Usmon Yusupov Agroservis mashina traktor parki» MCHJ 2020-yil 1-avgustdan 2021-yil 1-oktyabrgacha ishlangan davr uchun xodimlariga 335 mln. 610 ming 914 soʻmga yaqin ish haqini toʻlamagan.

Vaholanki, «Uzagroservis» AJ tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat «Agroservis MTP» MCHJ rahbarlariga 2021-yil 16-sentyabr kuni yoʻllagan xatda, ishchi xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini soʻzsiz taʼminlash maqsadida rahbarlik qilinayotgan jamiyat va qoʻyi korxonalarni ish haqi va byudjet toʻlovlaridan mavjud qarzdorliklarini amalda ajratilayotgan gʻalla 2022-yil hosili uchun imtiyozli kredit mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan undirish choralarini koʻrilishini talab qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga binoan Ombudsman tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Kasbi tumanlararo sudiga murojaatchilarning manfaatlarida daʼvo ariza kiritildi.

Daʼvo arizasi oʻrganib chiqilib, sud buyruqlari bilan umumiy hisobda 335 mln. 610 ming 914 soʻm miqdorida ish haqi undirilishi va darhol ijroga qaratilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер