“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Samarqandning chekka hududida yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish belgilangan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻz faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini koʻrsatmoqda. Shuning uchun 2022-yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida aholining huquqiy savodxonligini hamda davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasidagi navbatdagi tadbir 2024-yilning 14-mart kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidagi “Burqut” MFY aholisi uchun oʻtkazildi.
Shu kuni Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etilib, 20 nafarga yaqin fuqaro murojaatlari qabul qilindi.
Tadbirga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalar Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi ham jalb etilib, 8 nafar “Ayollar daftari”da turgan fuqarolarga Xorazm viloyatiga aprel oyida borilishi rejalashtirilgan 3 kunlik bepul sayohat uchun sertifikatlar topshirildi hamda 8 nafar nogironligi bor fuqarolarga 2 ta nogironlik aravachasi, hassa, quloq uchun ovoz kuchaytirgich moslamalari va qoʻltiqtayoqlar berildi.
“Ombudsman maktabi” doirasida Samarqand viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda fuqarolar uchun tor doiradagi mutaxassislar jalb etilgan holda 60 ga yaqin fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrik natijalari boʻyicha 28 nafar fuqaroni tuman va viloyat darajasida sogʻlomlashtirish, jumladan, 5 nafar fuqaroga bepul jarrohlik amaliyotini oʻtkazish choralarini koʻrish belgilandi. Shuningdek, aholiga 10 turdagi dori vositalar bepul tarqatildi.
Shu bilan bir qatorda, Adliya boshqarmasining davlat xizmatlari xodimlari tomonidan 14 nafar fuqaroga mobil xizmatlar koʻrsatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring