Ombudsman YEXHT DIIHBning Oʻzbekistondagi referendumni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari bilan uchrashdi

09:04 18 Aprel 2023 Jamiyat
341 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova YEXHT DIIHBning Oʻzbekistondagi referendumni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari, elchi Albert Yonsson bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Ombudsman institutining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularda yurtdoshlarimizning ishtirokiga toʻxtalindi. Ushbu jarayonlarda Inson huquqlari boʻyicha Ombudsman ham faol ishtirok etib oʻz takliflarini bergani va ularning aksariyati inobatga olingani qayd etildi. 

Xususan, Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 98 moddasi bilan Ombudsman institutiga takliflarni qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekani belgilab qoʻyilganligi alohida taʼkidlandi.

Taʼkidlanishicha, hozirda nogironligi boʻlgan shaxslarga ovoz berishlari uchun zarur qoʻshimcha sharoitlarni yaratish boʻyicha Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlikda monitoringlar oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan va referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning ovoz berish huquqining taʼminlanishi yuzasidan ham Ombudsman boshchiligida monitoring tashriflari amalga oshirilmoqda.

Oʻzaro suhbat davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularda koʻtarilgan masalalar, inson huquqlarini taʼminlash borasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash xususida fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер