Ombudsman YEXHT DIIHB direktori M. Mekachchi bilan uchrashdi

18:20 15 Noyabr 2023 Jamiyat
57 0

2023-yil 14-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) F. Eshmatova Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi. Uchrashuvda YEXHT DIIHB delegatsiyasi aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A. Saidov, Ombudsman Kotibiyati va Markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Oʻzaro muloqot davomida Ombudsman instituti tomonidan fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi, jazoni ijro etish muassasalariga oʻtkazilayotgan monitoring tashriflari va ularda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, hamda OAVning ishtiroki, Milliy preventiv mexanizmning “Ombudsman+” modeli haqida soʻz bordi.

Shuningdek, mehmonlar Ombudsmanning Parlament, vazirlik va idoralar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorligi hamda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasining ahamiyati bilan tanishtirildi.

“Biz mamlakatingizda amalga oshirilayotgan barcha soha va yoʻnalishlarni qamrab oluvchi keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlaymiz. Byuro ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishda har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyor" - dedi M.Mekachchi. Shuninndek, u  Oʻzbekistonda YEXHT DIIHBning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini inobatga olinayotgani va bu borada yaxshi natijalar qayd etilganidan mamnun ekanligini bildirdi. 

Oʻzaro doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер