“Omadingizni bersin” teleoʻyini ishtirokchilarni 2 mlrdga aldab ketdi

08:34 29 Noyabr 2022 Jamiyat
320 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekistondagi xususiy telekanallarining birida namoyish etilgan “Omadingizni bersin” oʻyinida qoʻlga kiritgan yutuqlarini olish imkoni boʻlmayotgani haqida murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻyinda ishtirok etgan bir nechta ishtirokchilar turli xil texnika, telefon va avtomobil ham yutib olishgan. Ammo, koʻrsatuv suratga olinganida keyin, teleoʻyin efirga uzatilgandan soʻng 90 bank ish kuni ichida homiydan sovrinlar berilishi mumkinligini xabardor qilishgan.

Agentlik soʻrovi va oʻyin homiysi taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, namoyish etilgan koʻrsatuvning jami 15 ta soni gʻoliblaridan faqat 1,2,3 va 12-sonlarida bir nafardan ishtirokchi oʻz yutuqlarini qoʻlga kiritgan, xolos. Qolgan 55 ishtirokchi bugungi kungacha sovrinlarini kutishmoqda. Taʼkidlanishicha, teleoʻyinga ishtirok etish va sovrin yutish umidida respublikaning turli viloyatlaridan ishtirokchilar poytaxtga kelishgan.

Bugungi kunga kelib, “Omadingizni bersin” teleoʻyini ishtirokchilarining umumiy yutuqlari 2 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Oʻz navbatida Agentlikning Maxsus komissiyasi tomonidan «MIA- MAA» MCHJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 6 (reklamaning tili) va 21-moddalari (ragʻbatlantiruvchi aksiyalarni tashkil etish va oʻtkazish) talablari buzilganligi holati boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatma berilgan.

Shu bilan birga Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun maʼlumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер