Oltmishga yaqin izboskanlik yoshlar loyihalari - amaliyotda

11:03 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
193 0

Foto: Istam Ibrohimov / Xalq so‘zi

Bugun respublikamiz bo‘ylab yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularda tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish va intilish hissini oshirish maqsadida Yoshlar kichik sanoat hududlari tashkil etilmoqda. Andijon viloyati Izboskan tumanida ham 58 nafar yigit-qizning istiqbolli loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, ularga yer maydoni ajratildi. Hozirda bu manzilda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda.

-Berilgan imkoniyat tufayli tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish va taʼmirlash ustaxonasini ochdim, - deydi yosh tadbirkor Abdulaziz To‘xtasinov. –Yigirma kishi ish bilan taʼminlanadigan ustaxonam uchun  Yoshlar kichik sanoat hududidan yer maydoni ajratilgani ishlab chiqarish ko‘lamini oshirishda ayni muddao bo‘ladi.

Hududda bunyodkorlik ishlari yakuniga yetgach, 500 dan ziyod ish o‘rinlari yaratiladi.

 

Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?