Oltinsoy tumanida “Yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi” tashkil etilmoqda

19:13 11 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
348 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparki qoshida Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida “Yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi” tashkil etilyapti. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi maʼlum qildi.

“Yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi” yoshlarning innovatsion gʻoyalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Mazkur ishlab chiqarish zonasi uchun 1,2 gektar yer maydoni ajratildi. Mazkur hududda innovatsion mahsulotga ega boʻlgan yosh tadbirkorlar uchun alohida hudud tashkil qilinadi, shuningdek, “Yashnobod” innovatsion texnoparkining “Biznes inkubatori” — innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?