Oltinkoʻl tumanida “Kobalt” va yuk avtomobili ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi

11:14 17 Iyul 2021 Jamiyat
619 0

Joriy yilning 16-iyul kuni soat 12:45larda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani, Sadda MFY hududida haydovchi, 2000-yilda tugʻilgan B.B. “MAN” rusumli yuk avtomobilini boshqarib kelayotgan vaqtda yoʻl chetida toʻxtab turgan “Kobalt” rusumli avtomobilga toʻqnashib YTH sodir etgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Toʻqnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?