Oltiariqlik mirishkorlar Navoiy viloyatida uzumzor barpo etishga koʻmaklashadi

12:31 09 Dekabr 2021 Jamiyat
496 0

Foto: "Xalq so'zi"

Ayni kunlarda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani mirishkorlari tomonidan uzumchilik sohasidagi katta hayotiy tajribani mamlakatimiz miqyosida ommalashtirish maqsadida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Bu borada Oltiariq tumanida uzumning yangi, eksportbop navlarini yaratish, uzum bogʻlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Shuningdek, vodiy viloyatlari, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax kabi bir qator viloyatlarda yangi uzum bogʻlari barpo etishga koʻmaklashilmoqda.

Bosh qomusimiz qabul qilinganining 29 yilligi bayrami arafasida Oltiariq uzumchilik tajribasini yanada ommalashtirish maqsadida Navoiy viloyatining Karmana tumaniga olti xil navdagi eksportbop uzum koʻchatlari joʻnatildi. Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, tuman sektorlar rahbarlari, nuroniylar, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari, dehqon va fermerlar ishtirok etdi.

Oltiariqlik uzumchilik kooperatsiyasi rahbari Isaqjon Boymatov davlatimiz rahbari tomonidan soʻnggi yillarda uzumchilik yoʻnalishiga katta eʼtibor qaratilayotgani, imtiyozlar berilayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlab oʻtdi.

 — Karmana tumaniga 200 gektardan ziyod maydonga ekish uchun Rizamat ota, Mersedes, Ketmonsopi, Husayni kabi 6 xil navdagi uzum koʻchatlarini yuboryapmiz. Oʻzimiz ham borib, Oltiariqdagi kabi bogʻlarni yaratishga hissamizni qoʻshishni maqsad qilganmiz, — deydi uzumchilik ilmi mirishkori Isajon Boymatov. — Hozirda fermer xoʻjaligimiz tasarrufidagi uzum bogʻlarida 10 xildan ziyod navlar parvarishlanyapti. Hindistondan serhosil uzum navini olib kelib, mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish harakatidamiz. Yaqin istiqbolda Yevropa mamlakatlaridagi sanoatbop uzum navlarini yetishtirish tajribasini ham oʻrganib, qayta ishlash, qadoqlash tarmoqlarini ishga tushirish orqali eksport geografiyasini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.                                 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.    

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?