Oltiariqda Anvar Obidjon nomidagi nodavlat taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi

Oltiariq tumanining Fayziobod qishlogʻida Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon nomidagi nodavlat taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Tadbirkor tomonidan eski maktabning foydalanilmay turgan boʻsh binosi “nol” qiymatda olinib, 1,5 milliard soʻm mablagʻ sarflanishi hisobiga zamonaviy shart-sharoitlar yaratildi. Ezgu tashabbusni roʻyobga chiqarish uchun tadbirkorga TIF “Milliy bank”ning Fargʻona viloyat boʻlimi tomonidan 1 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
— 250 oʻringa moʻljallangan xususiy maktabda kelajagimiz vorislari 5 ta xorijiy tillar hamda aniq fanlar boʻyicha mukammal oʻqitiladi, — deydi bilim dargohi direktori Dilafruz Sodiqova. — Shuningdek, maktabda oʻquvchilarni adabiyotga qiziqtirish maqsadida ardoqli ijodkorlarimiz nomida turli toʻgaraklar ham tashkil etish rejalashtirilgan.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring