Olovuddinning Oʻzbekistondagi sarguzashtlari haqida qisqa metrajli film namoyish etildi

Parkur harakatlari ishlatilgan film tarixiy janrda suratga olingan boʻlib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bagʻishlangan. Film Oʻzbekistonning Xiva hamda Buxoro shaharlarining YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari joylashgan maskanlarda suratga olingan. Bu haqda “Oʻzbekturizm” xabar berdi. Olovuddin rolini ekstremal aktyor Kalen Chan ijro etgan. Mazkur film Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan YouTube ijtimoiy videoxostingidagi devinsupertramp kanalining amerikalik rejissyori Devin Grem tomonidan ishlangan. “Oʻzbekistonda bir umr suratga olish imkonimiz bor edi. Tasvirga olish ishlarini Buxoro va Xiva shaharlarida amalga oshirdik. Hammasi huddi filmdagidek koʻrinardi, lekin bari real edi. Odamlarning munosabati judayam doʻstona, taomlar esa nihoyatda mazali, binolar va tarix esa fenomenal edi”, - deb izoh qoldirilgan kanalda. Sarguzashtlar va sportning ekstremal turlari haqida videoroliklar yaratuvchi kanalning 5,5 milliondan ziyod obunachisi boʻlib, undagi videolar 1,3 milliard martadan ortiq koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring