Olmaotada qoʻlga olingan oʻzbekistonliklar ish joyiga qaytarildi

19:57 10 Iyun 2024 Jamiyat
759 0

Foto: “Zakon”

Avvalroq Qozogʻistonning Olmaota shahrida 27 nafar oʻzbekistonlik “Nelegal-2024” reyd tadbirlari davomida qoʻlga olingani haqida xabar bergan edik. “Dunyo” axborot agentligining maʼlum qilishicha, hozirda Oʻzbekiston fuqarolari ozod qilingan va oʻz ish joylariga qaytgan.

Bildirilishicha, mazkur holat boʻyicha Olmaota shahridagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qozogʻistonning vakolatli organlariga tegishli soʻrov yuborilgan. Shuningdek, shahar politsiyasi bilan aloqa oʻrnatilib, Bosh konsulxona tomonidan kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

“Hozirgi vaqtda 27 nafar oʻzbekistonlik ishchilar oʻz ish joylariga qaytarildi. Ulardan 4 nafariga mehnat migratsiyasi sohasi boʻyicha qonunchilikni buzganligi uchun sud tomonidan maʼmuriy javobgarlik tayinlangan”, deyiladi xabarda.

Aytish joiz, joriy yilning 3-iyun kunidan boshlab, Qozogʻiston Respublikasining barcha hududlarida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ham ushbu mamlakatda boʻlib turgan va ishlash uchun borayotgan fuqarolarni ogohlantirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?