Olmaotada erkaklarni toʻnagan 44 yoshli oʻzbekistonlik ayol qoʻlga olindi

08:10 27 Noyabr 2021 Jamiyat
731 0

Olmaotada erkaklarni oʻgʻirlagan 44 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Polisia.kz xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, ayol ularning ishonchiga kirib, birga tunagan va bir necha kundan keyin telefon, pul va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib ketgan.

Ayni damda gumonlanuvchi qoʻlga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Oʻgʻirlik holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qoʻlga olingan shaxsning shahar hududidagi shu kabi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Unga ikki holat boʻyicha ayblov qoʻyilmoqda, - dedi Olatau viloyati IIB boshligʻi Ilyos Omirserikov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?