Olmaliqda dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:55 19 Avgust 2021 Jamiyat
158 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Olmaliq shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro P.P. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, 5 000 dona “Reasarbilakt”, 4 500 dona “Tevartem” nomli dori vositalarini jami 13 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, dori vositalarini olib kelgan avtotransport vositasi yukxonasi koʻzdan kechirilganda, tegishli hujjatlari boʻlmagan yana 5 000 dona “Reasarbilakt” va 3 000 dona “Tevartem” dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?