Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2022-yilda 30,5 trln soʻmlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi

Foto: Illustrativ foto
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda kombinat axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva maʼlum qildi.
Kombinat mehnat jamoasi tomonidan 2022-yilga belgilangan barcha vazifalar bajarilishiga erishildi.
Xususan, 2022-yilda 30,5 trln soʻmlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. (belgilangan reja 28 trln tashkil etadi.), prognoz 108,3 foizga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida:
mis katodi — 148 516 tonna (loyiha quvvati 148 000 tonna)
metalli rux — 90,05 ming tonna
oltingugurt kislotasi — 815,0 ming tonna ishlab chiqarildi.
qimmatbaho metallar rejasi:
oltin — rejasi 100,3%
kumush — rejasi xam 100,3 % bajarildi.
Shuningdek, nodir metallar: molibden — 1 177,2 tonna va 33,8 tonna volfram 34,5 tonna selen, 2,8 tonna tellur hamda 92,5 kg palladiy mahsuloti ishlab chiqarildi.
Investitsiya dasturi doirasida oʻz mablagʻlari va kreditlar hisobidan 788,8 mln dollar oʻzlashtirilib, oʻtgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oʻsishiga erishildi. Bunda umumiy qiymati 1,3 trln soʻm boʻlgan 15 ta loyiha, shu jumladan ijtimoiy sohada 5 ta obyekt (116,1 mlrd soʻm) foydalanishga topshirildi.
Jami 947,5 mln dollar qiymatdagi mahsulot eksport qilinib, prognoz 110,8 foizga bajarildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 334,1 mlrd soʻm miqdorda mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 141,0 foizni tashkil etdi.
Raqamlashtirish dasturi boʻyicha texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan 48 ta axborot tizimlari joriy qilinib, qogʻoz hujjat aylanishi 80 foizga va omborlardagi tovar-moddiy boyliklar qoldiqlari 260 mlrd soʻmga qisqartirildi hamda jami 237 mlrd soʻm iqtisod qilindi.
2022-yilda Kombinat tomonidan byudjetga 18,6 trln soʻm, ijtimoiy jamgʻarmalarga 240,3 mlrd soʻm toʻlovlar amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring