Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yangi texnologiyaga patent oldi

20:54 15 Iyul 2022 Iqtisodiyot
798 0

Foto: Illustrativ foto

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati platina ishlab chiqarish texnologiyasi uchun mualliflik huquqini oldi. Jahon bozorida bu metallning narxi 1 gramm uchun taxminan 30 dollarni tashkil qiladi. Platina oltinga nisbatan yer yuzida uch barobar kamroq uchraydi.

Hozirgi kunda kombinatda 7 turdagi mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga patentlar mavjud. Bu yutuqlar oxirgi 3-4 yilning natijasidir.

Dunyo bozorida 1 grammi 28 dollarga baholanayotgan platina ishlab chiqarish sanoati yildan yilga takomillashib bormoqda. Qoʻrgʻoshindan 2 barobar zich hisoblangan ushbu noyob metall, oʻtga chidamliligi, elektr oʻtkazuvchanligi, zanglamasligi tufayli kosmos sanoatida, tibbiyotda, elektrotexnikada, shishasozlik sanoatida, samolyot va kemasozlikda, kimyo va avtomobilsozlik sanoatlarida keng qoʻllaniladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?