Olis hududlarda koʻmir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi

19:19 24 Sentyabr 2022 Jamiyat
647 0

Foto: Arxiv surat

“Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (522-son, 23.09.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2022/2023-yillar kuz-qish davrida respublika boʻyicha:

— 2,967 ta koʻp kvartirali uylar;

— 299 ta gaz taqsimlash punktlari;

— 1,815.3 km ichimlik suvi tarmoqlari;

— 2,420 ta ijtimoiy soha obyektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat obyektlari, 11 ta sport obyektlari mukammal) taʼmirlanadi;

— 149 km gaz quvurlarini tiklash-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi;

— 6,209 ta mahallaga 314,400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi;

— 1,680,000 tonna koʻmir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha obyektlariga 518,000 tonna koʻmir yetkazib beriladi);

— 443 ta olis va borish qiyin boʻlgan qishloq (ovul)larda koʻmir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?