Olimpiyachilarimiz soni yana bittaga oshdi, Sabina ham Tokio-2020ga boradi
Shu kunlarda Italiyaning Pezaro shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga litsenziyalar taqdim etuvchi yilning soʻnggi musobaqasi — Jahon kubogi bosqichi oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sabina Toshkenboyeva uzoq davom etgan Olimpiya oʻyinlariga saralash siklini muvaffaqiyatli yakunladi va Tokio-2020 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Pezaroda Tokio-2020 olimpiadasining shaxsiy birinchiligida ishtirok etadigan eng baxtli uch nafar sportchisi saralab olindi. Gʻoliblar Jahon kubogining toʻrtta bosqichi, yaʼni Sofiya (Bolgariya), Toshkent (Oʻzbekiston), Boku (Ozarbayjon) hamda Pezaro (Italiya) shaharlarida oʻtkazilgan musobaqalarda qayd etilgan umumiy natijalarga koʻra aniqlandi.
Bizni xushnud etgan jihati, hamyurtimiz Sabina Toshkenboyeva ana shu baxtli sportchilar qatoridan joy oldi. U yakunda 130 ochko toʻpladi va bu natija unga XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqini taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring