Olimpiya qishlogʻida yana Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarildi

15:29 22 Avgust 2021 Sport
1280 0

Yaqinda Oʻzbekiston sport delegatsiyasi XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun kunchiqar yurt Yaponiyaga joʻnab ketishgan edi.

Kecha vakillarimiz Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchilari uchun maxsus barpo qilingan Olimpiya qishlogʻiga joylashdilar. Shu kunning oʻzida Olimpiya qishlogʻida Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarildi.

Mamlakatimiz sport delegatsiyasi aʼzolari esa tezkor shtabda kichik yigʻilish oʻtkazishdi. Unda boʻlajak musobaqada munosib ishtirok etish hamda Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik toʻyiga munosib tuhfa hozirlash, buning uchun sportchilardan Paralimpiya oʻyinlarida oʻzlarining bor mahoratlarini ishga solishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish borasida kerakli tavsiyalar berildi.

Eslatib oʻtamiz, Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi 24-avgust kuni boʻlib oʻtadi. 25-avgustdan esa para atletlar musobaqalardagi ishtirokini boshlashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?