Olimpiya oʻyinlari qayta dunyoga kelganiga 127 yil boʻldi

15:20 06 Aprel 2023 Sport
854 0

Bundan 127-yil avval, aniqrogʻi, 1896-yil 6-aprel kuni Gretsiya poytaxti Afina shahrida birinchi zamonaviy Olimpiya oʻyinlari start olgan.

Aynan mana shu tarixiy voqea sabab ushbu sana Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida Xalqaro sport kuni, deb eʼtirof etilgan.

2013-yilning 23-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida bir ovozdan 6-aprel sanasini Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida Xalqaro Sport kuni (International Day of Sport for Development and Peace) sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?