Olimpiada mashʼalasini yoqish marosimi muxlislarsiz oʻtkaziladi

19:04 10 Mart 2020 Sport
812 0

Arxiv surat

12-mart kuni Gretsiyada Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqish marosimi boʻlib oʻtadi.

Koronavirusdan himoyalanish maqsadida ushbu tadbir muxlislarsiz oʻtkaziladigan boʻldi. Gretsiya Olimpiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha, tadbir Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi va Tokio-2020 tashkiliy qoʻmitasi vakillaridan iborat 100 kishilik mehmon bilan oʻtkazilishi rejalashtirgan.

Mashʼala estafetasini odatga koʻra gretsiyalik taniqli atletlardan biri boshlab beradi. Bunda qadimgi Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan stadionda alanga olgan mashʼala yunon sportchisi qoʻlidan mezbon tomonga taqdim qilinadi. Bu gal oʻq otish sporti boʻyicha Rio Olimpiadasi chempioni va sovrindori gretsiyalik Anna Korakaki mazkur vazifani bajarib beradigan boʻldi. Taʼkidlash joiz, mashʼalaning ayol sportchi tomonidan yoqilishi birinchi marta kuzatilmoqda.

Shuningdek, ushbu tadbir bilan bogʻliq barcha jarayonlar ham muxlislar ishtirokisiz oʻtadi. Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda Gretsiyada 73 nafar insonda koronavirus bilan kasallanganlik holati aniqlangan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?