Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan bokschiga “Kobalt” sovgʻa qilindi
Surxondaryolik bokschi Sanjar Tursunov ikki marta Oʻzbekiston kubogi, uch marta yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni kamarini qoʻlga kiritgan. Boks boʻyicha Germaniyaning Gamburg shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Mohir sportchi hozirga qadar 40 ga yaqin jang oʻtkazib, aksariyatida gʻalabaga erishgan.
Termiz shahri jamoatchiligi vakillari, sportchilar hamda yoshlar ishtirokidagi tadbirda Sanjar Tursunovga viloyat hokimi sovgʻasi — “Kobalt” avtomashinasi tantali tarzda topshirildi.
— Sportchi uchun ragʻbat va eʼtibor juda ham ahamiyatga ega, — deydi Sanjar Tursunov. — Bu bizning yangi marralarni zabt etishimiz, jahon arenasida Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtarishimizga undaydi. Ayni paytda yozgi “Tokio — 2020” oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Xalqimiz, muxlislarimiz ishonchi oqlashga astoydil harakat qilaman.
Joriy yilda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Surxondaryo viloyatidan oʻndan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ilhom RAHMATOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring