Olimpiada chempionining noroziligi, 35 million yevrolik maosh va 30-raqam. Messi “PSJ”da qanday kutib olindi?

01:20 11 Avgust 2021 Sport
836 0

2021-yilning 10-avgust sanasi jahon futboli uchun tarixiy kun. Zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi rasman “PSJ” futbolchisiga aylandi. 

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin “Barselona” oʻzining afsonaviy futbolchisining ketishini eʼlon qilgandi. 

Messining ketishi munosabati bilan Barselonada matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda futbolchi koʻz yoshlarini tiya olmay “Barselona” bilan xayrlashdi. Shu tariqa Leoning Kataloniya klubidagi davri tugadi.

Messining shartnomasida Argentina terma jamoasining ustuvorligi haqida band bor

«TyC Sports»ning yozishicha, Lionel Messining parijliklar bilan tuzgan shartnomasini ayrim tafsilotlari maʼlum boʻlgan.

Foto: gettyimages

Kelishuvda Messining Argentina terma jamoasini rasmiy va oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtiroki uchun ustuvorlik berilgan. Unga koʻra, terma jamoa futbolchini chaqirsa, “PSJ” unga vatani sharafini himoya qilishini taqiqlay olmaydi. Shuningdek, shartnomaga koʻra, Argentina terma jamoasining tibbiy shtabi fransuz klubi inshootlariga kirishi mumkinligi qayd etilgan.

“Barselona” afsonasi erkin agent sifatida “PSJ”ga oʻtdi. Shartnoma ikki yilga moʻljallangan va u 2024-yilning iyunigacha uzaytirilishi mumkin. Messining Parij klubidagi bir mavsum uchun maoshi bonuslar bilan birga taxminan 35 million Yevroni tashkil qiladi.

Messi “PSJ”da 30-raqamda oʻynaydi

Ispaniyaning "Marca" nashrining xabariga koʻra, Messi “PSJ”da 30-raqamni oladi. Aynan shu raqamda u “Barselona” tarkibida debyut qilgan edi.

Fransiya 1-ligasidagi 30-raqam odatda darvozabonlar uchun ajratiladi. Biroq Messining darajasini hisobga olsak, ligada bu raqam ostida hujumchini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortilishi dargumon.

“PSJ” hujumchisi Neymar Messiga 10-raqamni bermoqchi boʻlgani. Ammo Leo bu taklifga rad javobini bergan.
Bugun, 11-avgust kuni «Park de Prens» stadionida Lionel Messi ishtirokida matbuot anjumani oʻtkaziladi.

Olimpiada chempioni Messining “PSJ”ga oʻtishidan mamnun emas

Fransuz gandbolchisi Kleopatra Darlyo argentinalik futbolchi Messining “PSJ”ga oʻtishidan mamnun emasga oʻxshaydi.

Foto: gettyimages

Bunga futbolchining rasmi «LʼÉquipe» gazetasining soʻnggi sonining muqovasiga joylashtirilgani sabab boʻlgan. 

Gandbol boʻyicha Fransiya ayollar terma jamoasi Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

“Tarix takrorlanadi ... Biz birinchi sahifaga loyiq emasmizmi?”, deb yozgan Darlyo oʻz «Tvitter»ida.
Fazliddin ABILOV tayyorladi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?