Olimlar yaqin orada yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turgan mamlakatlarni maʼlum qildi

00:12 11 Avgust 2021 Dunyo
1082 0

Foto: AP

Tinch okeanidagi baʼzi orol davlatlar yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Buning haroratning 1,5 daraja Selsiyga koʻtarilishi tufayli yuz berish ehtimoli yuqori.

Xuddi shunday fikrlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo guruhi olimlari "Guardian" gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Aniqlik kiritilishicha, mintaqa mamlakatlari uzoq vaqtdan beri kuchli dengiz toʻlqinlari, kuchli siklonlar, uzoq davom etgan qurgʻoqchilik va yer osti suvlarining shoʻrlanishi oqibatida qishloq xoʻjaligiga zarar yetishidan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, Jahon okeani sathining koʻtarilishi tufayli koʻplab mamlakatlarni suv bosmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bunday tabiiy ofatlar sayyora isishi bilan tez-tez yuz bera boshlaydi.

«Bu Kiribati, Vanuatu va Solomon orollari kabi davlatlarni yashashga yaroqsiz holatga keltiradi», deydi tadqiqotchi Nikola Kazule. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?