Olimlar shikastlangan nervlarni tiklash imkonini beruvchi parhez haqida maʼlumot berishdi

00:10 29 Iyun 2022 Dunyo
658 0

Foto: Depositphotos

London Imperial kolleji olimlari maʼlum vaqt davomidagi ochlik zararlangan nervlarni tiklash usullaridan biri deb hisoblashmoqda. Bu boradagi tadqiqot natijalari “Nature” jurnalida chop etilgan.

Tajribalar nervi shikastlangan sichqonlarda oʻtkazildi. Hayvonlar ikki guruhga boʻlingan. Birinchi guruh maʼlum vaqt davomida och qoldirilgan, ikkinchisi esa hech qanday cheklov qoʻllanilmagan. 

Tajriba davomida birinchi guruhdagi sichqonlarda ichak bakteriyalari nerv jarayonlarini qayta tiklash uchun zarur boʻlgan 3-indolpropion kislotasi (IPA) deb ataladigan metabolit ishlab chiqarishni koʻpaytirganini aniqlangan.

Natijalarni tasdiqlash uchun sichqonlarning yoʻgʻon ichaklari antibiotiklar bilan bakteriyalardan tozalandi va keyin IPA hosil qilishi mumkin boʻlgan Klostridiyning genetik jihatdan oʻzgartirilgan shtammlari yuborilgan.

«Klostridiylar IPA ishlab chiqara olmaganida, regeneratsiya buzildi. Bu bakteriyalar tomonidan ishlab chiqarilgan IPA haqiqatan ham shikastlangan nervlarni davolash va tiklash qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi», deydi tadqiqotchilar.

Kelajakda olimlar nervlari shikastlangan odamlarda oʻz natijalarini sinab koʻrishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер