Olimlar qon bosimi va shakar miqdorini kamaytirishning oddiy usulini aniqladi

Foto: Arxiv surat
Kolumbiya universiteti (AQSH) olimlari salomatlikni yaxshilashda piyoda yurishning foydalari haqida maʼlumot berishdi, deya xabar bermoqda ScienceDaily nashri.
Ilm-fan vakillari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, harakatsiz turmush tarzi hatto muntazam jismoniy mashqlar bilan ham sogʻliq uchun zararli.
Shu bilan birga, ish kuni davomida har yarim soatda besh daqiqalik yurish qomat va sogʻliqni saqlashga yordam beradi. Ushbu turdagi faoliyat qon bosimi va qondagi shakar miqdorini pasaytiradi, shuningdek, kayfiyatni yaxshilaydi va charchoqni kamaytiradi.
Har 30 daqiqada va har 60 daqiqada bir daqiqadan piyoda yurish ham qon bosimini sezilarli miqdorda kamaytirishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring